Bosh prokuror va ichki ishlar vaziri har chorakda Milliy kengash oldida hisobot beradi

    Parlamentdagi masʼul qoʻmitalar mahallagacha tushib, har bir jinoyatning kelib chiqish sabab va omillarini aniqlab, tuman, viloyat prokurorlari va ichki ishlar boshliqlarini oldiga aniq vazifa qoʻysa, bu borada yaxshi tajriba boʻlishi qayd etildi.

    Tizimli ravishda jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaliklarini oʻtkazib borish muhimligi taʼkidlandi.

    Parlamentdagi masʼul qoʻmitalar mahallagacha tushib, har bir jinoyatning kelib chiqish sabab va omillarini aniqlab, tuman, viloyat prokurorlari va ichki ishlar boshliqlarini oldiga aniq vazifa qoʻysa, bu borada yaxshi tajriba boʻlishi qayd etildi.

    Bosh prokuror va ichki ishlar vaziriga har chorakda Milliy kengash oldida, viloyat, tuman prokurorlari va ichki ishlar boshliqlari esa har oyda hududiy kengashlarda hisobot beradi va jamoatchilikka murojaat bilan chiqadi.

    «Murojaat deganda, umumiy gaplar kerak emas. Bunda har bir soha va jinoyatchilik turi boʻyicha oldini olish, omillarini bartaraf etish borasida aniq qiladigan ishlarini aytishi kerak», — dedi Prezident.

    Milliy kengash har oyda tuman va shaharga tushib, oʻz yigʻilishini bevosita ichki ishlar boʻlimlarida oʻtkazishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.