Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdiBoʻsh sudyalik lavozimlarining hududlar kesimi boʻyicha roʻyxati:

Surxondaryo viloyati:

  1. Fuqarolik ishlari boʻyicha Sariosiyo tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

Fargʻona viloyati:

  1. Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  2. Fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

Xorazm viloyati:

  1. Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  2. Fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

Toshkent shahri:

  1. Jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudi sudyasi (1 nafar);
  2. Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar);
  3. Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  4. Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  5. Fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar);
  6. Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  7. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (2 nafar).

Toshkent viloyati:

  1. Fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  2. Fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi (3 nafar);
  3. Fuqarolik ishlari boʻyicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).
  4. Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (1 nafar).

Sudyalar oliy maktabida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan va 35 (oʻttiz besh) yoshdan kichik boʻlmagan nomzodlar ariza bilan Sudyalar oliy kengashiga yozma yoki elektron shaklda (omk-kotibiyat@mail.ru) murojaat qilishlari mumkin.

Savollar boʻyicha qoʻyidagi telefon raqami orqali bogʻlanish soʻraladi: +99871 215 73 10.

Ariza taqdim etishning oxirgi sanasi 2021-yil 12 fevral.

Sudyalar oliy kengashi

matbuot xizmati