Nizom noturar boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini aniqlash va xatlovdan oʻtkazish, xatlov natijalarini rasmiylashtirish, boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish mezonlari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomga koʻra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari «Davlat mulki« ATda boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining hisobini yuritish sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Toifalarga ajratish boʻyicha:
- — boʻsh turgan;
- — meʼyorga asosan ortiqcha maydon aniqlangan;
- — qurilishi tugallanmagan (1-yildan ortiq muddatda);
Samarali foydalanish choralari koʻrilganligi boʻyicha:
- — rivojlantirish dasturlariga kiritilgan;
- — ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan;
- — davlat-xususiy sheriklik dasturiga kiritilgan;
- — ijaraga berish uchun ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.
Markaz aniqlangan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xatlov yakunlangandan soʻng 10 kun muddatda oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.