Mazkur EKSPOda faxriy mehmon sifatida Qirgʻiziston Bosh vaziri, Qozogʻiston Bosh vazirining oʻrinbosari, shuningdek, 40 dan ortiq xorijiy hukumatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, Bosh vazir boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi mazkur tadbirda qatnashish uchun Urumchi shahriga tashrif buyurdi.
Bugun, 25-iyun kuni Urumchi shahriga tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Partqoʻmi kotibi Ma Sinjuy boshchiligida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazildi.