Bu haqda OʻzA muxbiri Oqilxon Dadaboyev xabar bermoqda.

Hukumat rahbari xizmat tashrifi davomida viloyatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishadi.

Bosh vazir Yangi Namangan tumanida joylashgan Bunyodkor mahallasi, Davlatobod tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston ziyosi” yoshlar kutubxonasi hamda bir qator kichik sanoat zonalarida boʻlishi kutilmoqda.