Bosh vazir kubogi yana Oliy sud jamoasiga nasib etdi

    4-oktyabr kuni boshlangan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasidagi “Bosh vazir kubogi” futbol musobaqasi yakunlandi.

    “Milliy” stadionida boʻlib oʻtgan final oʻyinida amaldagi chempion – Oliy sud hamda bu yilgi musobaqa kashfiyotiga aylangan Tashqi ishlar vazirligi jamoalari toʻqnash keldi.

    Oʻyinda hisob ochilmadi, shu bois gʻolibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Bunda omad Oliy sud jamoasiga nasib etdi.

    Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov soʻzga chiqdi va gʻoliblar, shu bilan birga musobaqa ishtirokchilarini samimiy qutladi.