O‘ktam Barnoyev 1964 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
O‘ktam Barnoev 1997—2000 yillarda Buxoro viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig'ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2000—2002 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.
O‘ktam Barnoyev muqaddam Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2008-yilning aprelidan 2010-yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2016-yilning dekabridan 2020-yil fevraligacha Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020-yil fevralida bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.