Shahriyorov Shohruh Shuhrat oʻgʻli – 1996-yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi. Muqaddam Sirdaryo viloyati Guliston shahri N.Mahmudov koʻchasida yashagan.

Aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, u oʻzining instagramdagi sahifasida ekstremistik mazmundagi materiallarni joylashtirish orqali tarqatib kelgan hamda Suriyaning "Idlib" shahriga jihod qilish maqsadida ketib, u yerda 40 kunlik (moaskar) boshlangʻich jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan.

Mazkur holatda yuzasidan Sh.Shahriyorovga nisbatan Angren shahar IIB TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 155(2)-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qidiruv eʼlon qilingan.