Hujjatga ko'ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab:
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to'yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo'lga qo'yiladi
Shuningdek, qarorda Xorazm viloyatining Qo'shko'pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang'ich sinf o'quvchilari ta'lim planshetlari bilan ta'minlanishi va kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etilishi ham ko'zda tutilgan.