Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda mavjud 10 mingtadan ortiq maktabdan uch mingga yaqinida oshxona mavjud emas. Barcha maktablardagi sharoitlarni bir xil darajaga olib chiqish rejalashtirilgan. “Oʻzbekistonda 10 ming 100 ga yaqin maktablar mavjud boʻlib, ularda 5 million 200 ming nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

— Hozirda 3000 taga yaqin maktabda oshxona mavjud emas. Milliy dasturimizga muvofiq, kelgusi 5 yil ichida 1 million 200 ming oʻquvchi oʻrni yaratish bilan birga, barcha maktablardagi sharoitlarni bir xil standartga olib kelishni belgilab olganmiz. Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston va Xorazmda boshlangʻich sinflarni bepul, yaʼni davlat hisobidan ovqatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Keyinchalik bu tizim boshqa viloyatlarda ham joriy etiladi. Qolaversa, barcha maktablarda oshxonalarni barpo qilish va autsorsing tizimini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan, — dedi Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov