Qurbonov Mirshod Rustamovich Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
M.Qurbonov bunga qadar Savdo-sanoat palatasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Salixov Akmal Anvarovich Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Prezident Administratsiyasining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.









