Yirik biznesmenlarni ko'pchilik ma'naviyatdan ancha yiroq bo'lsa kerak, deb o'ylashi tabiiy. Ammo ularning biznesdagi muvaffaqiyatlariga kitoblar ham sababchi bo'lishini aksariyatimiz xayolimizga ham keltirmaymiz. “Microsoft” asoschisi Bill Geyts ham kitoblarni saralab o'qiydi, desak xato bo'lmaydi. Uning Barak Obamaning “Va'da qilingan zamin” kitobini eng yaxshi memuarlardan biri, deb atagani fikrimizni isbotlaydi.
Shuningdek, Geytsga ko'ra, Richard Poversning “The Overstory” asari yovvoyi tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan juda yaxshi murojaat. Kitob 2019 yilda Pulitser mukofotiga sazovor bo'lgan.
Geyts sanagan 3 asar Jeffri Immeltning “Hot Seat” kitobi bo'ldi. Asar muallifning 2008 yil global iqtisodiy inqiroz davridagi “General Electric” kompaniyasidagi boshqaruvchilik tajribasidan hikoya qiladi.