Har ehtimolga qarshi, kabinada haydovchi bo'lgan, ammo avtomatik boshqaruv tizimining o'zi poezdni harakat boshlanishidan to to'xtashigacha yo'nalish bo'ylab boshqargan.
Yaponiyada tug'ilishning kamayishi va qarilar soni ko'pligi tufayli temir yo'llar haydovchilari etarli bo'lmaydi, deb hisoblab, boshqaruvchisiz texnologiyani ilgari surmoqda.
Shinkansen — Yaponiyadagi tezyurar temir yo'l tarmog'i bo'lib, mamlakatning yirik shaharlari o'rtasida yo'lovchilarni tashishga mo'ljallangan. U “Japan Railways” kompaniyasiga tegishli. Birinchi liniya Osaka va Tokio o'rtasida 1964 yil oktyabr oyida Yozgi Olimpiya o'yinlari uchun ochilgan bo'lib, poezd 515 km uzunlikdagi 17 ta stantsiyadan iborat masofani ikki yarim soatda bosib o'tgan edi. Shinkansen poezdlari “o'q poezdi” deb ham ataladi, deb xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.