Boshqaruvi yoʻqolgan Cobalt aylanib ketib, boshqa bir Cobaltʼga urildi

    Bugun, 16-sentyabr kuni soat 08:00 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, haydovchi D.A. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotgan vaqtida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi temir toʻsiqqa urilib, aylanib ketgan. Oqibatda oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan A.D. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasiga urilgan.

    Mazkur YTH natijasida Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.