Boshqirdistonda ayolga ayiq hujum qildi

    Boshqirdiston (Rossiya Federatsiyasi)da ayiq hujumiga uchragan ayol og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

    Voqea payshanba kuni kechqurun Petrovskoe qishlog'ida yuz berdi. Bu yerda odamlar ilgari ayiqlarga duch kelishmagan, deb xabar beradi ria.ru.

    “56 yoshli ayol og'ir ahvolda Ishimboy tuman kasalxonasiga yetkazildi”, — dedi Boshqirdiston Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati vakili.