Voqea joyiga Sterlitamak transport prokurori va tergov guruhi jo'nab ketgan. Mazkur fakt asosida temir yo'l transportining xavfsiz ishlashi bo'yicha talablarga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o'tkazilmoqda.
Voqea oqibatida shifokorlar jarohatlangan va tez yordam mashinasida olib ketilayotgan bemor vafot etgan, deyiladi Rossiya Tergov qo'mitasining Transport bo'yicha Markaziy mintaqalararo tergov boshqarmasi xabarida. Tergovchilar tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi (temir yo'l transportidan foydalanish va harakat xavfsizligi qoidalarini buzish) bo'yicha surishtiruv harakatlari olib borishmoqda. Teplovoz haydovchisi shoshilinch tarzda tormozni bosgan, biroq to'qnashuvning oldini olishning iloji bo'lmagan. Hodisaga dastlabki sabab tez yordam mashinasi haydovchisi bemorni tibbiy muassasaga yetkazishga shoshilib, temir yo'l kesishmasidagi svetoforning taqiqlovchi signaliga qaramay, harakatlangani sabab bo'lgan, deb xabar beradi tass.ru.