Bosniya va Gersegovinada suv toshqini tufayli 14 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Bosniya va Gertsegovinada juma kuni suv toshqini oqibatida kamida 14 kishi halok bo'ldi. Bir necha kishi bedarak yo'qolganlar ro'yxatiga kiritildi.

    Bu haqda Reuters mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib xabar berdi.

    Kuchli yomg'ir va ko'chki uylar, yo'llar va ko'priklarni vayron qildi.

    Saraevoni Adriatika sohillari bilan bog'lovchi va Yablanitsa orqali o'tuvchi asosiy yo'llar ko'chkilar oqibatida vayron bo'ldi, avtomobil va temir yo'llarga zarar yetdi, deb xabar beradi report.uz.