Tekshiruvda “B.m.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari R.K. tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga 50 nafar fuqaroning bandligini taʼminlaganligi haqidagi soxta maʼlumotlar kiritish orqali jami 122,5 mln soʻm subsidiya mablagʻini ajratilishiga erishib, talon-toroj qilganligi aniqlangan
Shu kabi, Departamentning Taxtakoʻpir tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “SH.B.” MCHJ mansabdor shaxslari tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ishsiz sifatida roʻyxatga olingan va subsidiya ajratish haqida murojaat qilgan 16 nafar fuqaroga issiqxona qurib berish uchun hisob-raqamiga oʻtkazib berilgan 89 mln soʻmni kredit qarzdorligini soʻndirishga hamda MCHJning savdo doʻkonini qurishga sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.