Kadastr agentligi Matbuot xizmati holat yuzasidan dastlabki maʼlumotni berdi.
Dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra ushbu holat Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida roʻy bergani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ayni paytda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Holat kadastr xodimi tomonidan Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida yashovchi fuqaro A.Bning qoʻshnisi tomonidan yoʻl berkitilib, devor qurilgani yuzasidan yoʻllagan murojaatini oʻrganish davomida yuz bergan.