Unda Senat mutasaddilari, Komissiya aʼzolari, Toshkent viloyati hokimligi masʼullari, dizaynerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda jamiyatimizda xotin-qizlarning mavqeini yana-da yuksaltirish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash masalalari davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanganligini qayd etdi.
Festival doirasida dizaynerlar tomonidan yaratilgan kompozitsiyalar taqdimoti oʻtkazildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.