Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 10-iyun kuni soat 01:32 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chimyon“ MFY hududida joylashgan yogʻochli konstruksiya materialidan qurilgan restoranlarning birida yongʻin chiqqanligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 02:01 da voqea joyiga yetib borgan, yongʻin soat 02:13 da oʻrab olinib, soat 04:20 da batamom oʻchirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida taxminan 300 kv.m maydonda tomi, shifti, ichki qismi va jihozlari yongan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.