Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻli maʼlum vaqtga yopiladi

    Shu yilning1-2-3-may kunlari Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni avtomobil yoʻlining 34-54 kilometrlari oraligʻida transport harakati cheklanadi.

    Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻli velosport musobaqasi sababli maʼlum vaqtga yopiladi.

    Sportning velosport-shosse turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan joriy yilning 1-2-3-may kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni avtomobil yoʻlining bir qismi yopiladi.

    Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabariga koʻra, yoʻlning 34-54 kilometrlari oraligʻida transport vositalari harakati cheklanadi. Bunda, Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqinida start, Gʻazalkent shahriga kirish qismida finish boʻladi.

    Boʻstonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etildi.