Holat Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Oʼrmon xoʼjaligi agentligi, Toshkent viloyati Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʼi inspektorlari, Boʼstonliq tumani hokimligi, tuman ichki ishlar va veterinariya boʼlimlari masʼullari tomonidan joyida oʼrganildi.
Oʼrganish davomida Toshkent–Chimyon–Chorvoq avtomagistral yoʼlining Boʼstonliq tumani Oqsoqotasoy hududida toʼxtatilgan avtomashinalarga ortilgan qoʼylar Toshkent viloyati Boʼstonliq tumani Yakkatut mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi fuqaro R.T. ga tegishli ekani maʼlum boʼldi.
Fuqaro R.T. oʼziga tegishli 1 200 bosh qoʼyni yashash hududida qish mavsumi keskin sovuq kelgani uchun Toshkent viloyati Chirchiq shahrining Mayskiy qishlogʼi tepa hududidagi fermada boqib kelgan.
Shuningdek, R.T. 2023-yil 15-mayda joriy yil bahor mavsumida qoʼylarini Boʼstonliq tumani togʼ hududlarida mavsumiy oʼtlatish haqida Burchmulla davlat oʼrmon xoʼjaligi bilan ikki tomonlama shartnoma tuzgani va xoʼjalikning Aygaing boʼlimida oʼtlatish uchun olib kelayotganini aytib oʼtgan.
Holat yuzasidan fuqaroga bugungi kunda chorva mollarini mazkur hududda boqmasligi uchun tegishli qaror mavjudligi hamda boshqa hududlarda mavsumiy oʼtlatish uchun Toshkent viloyat hokimining farmoyishi chiqmaganligi haqida tushuntirish berildi. Qolaversa, avtoulovlarga ortilgan 1 200 bosh qoʼy Boʼstonliq tumani hududidan Toshkent viloyati Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari kuzatuvida chiqarib yuborildi.