Boʻstonliq tumani hokimining tegishli qarori bilan “M.B.B.” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 30 mln. AQSH dollari miqdorida investitsion loyihani amalga oshirish sharti bilan maktabgacha taʼlim muassasasi va savdo-maishiy xizmat koʻrsatish majmualari qurilishi uchun 40 gektar yer maydoni ajratilgan.

Biroq, MCHJ mansabdor shaxslari bugungi kunga qadar ushbu yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirmasdan “Elmurod” ismli shaxs orqali 3 mln. AQSH dollariga sotayotganligi haqida tezkor maʼlumot olingan.

Tadbir davomida, 40 gektar yer maydoniga egalik huquqi boʻlmagan toʻrt nafar tadbirkor hamda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi yordamchisi fuqaro D.A.ga 3 mln. AQSH dollari evaziga sotishga kelishib, oldindan 180 ming AQSH dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlanganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 

Hozirda Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda