Boʻstonliqda kuchli shamol oqibatida “dom”lardan birining tom qismi uchib ketdi

    Voqea-hodisalar 13 Iyun 2025 533

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida kuchli shamol uylarning tomoni uchirib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

    Unda keltirilishicha, FVV, viloyat hokimligi va FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar kuch vositalari hodisa joyiga yetib borgan va vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, shamol oqibatida bitta toʻrt qavatli uyning tom qismi zarar koʻrgan.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.