Holat boʻyicha Toshkent viloyati FVB maʼlumot berdi.
Kelib tushgan xabarga asosan, yongʻin joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari, 30 nafar qutqaruvchi hamda Burchmullo oʻrmon xoʻjaligidan 20 nafar xodim jalb qilindi.
Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin Boʻstonliq tumani “Maʼrifat” MFY, Burchmullo oʻrmon xoʻjaligiga qarashli hududda 1.5 gektar maydonda yuzaga kelib, yongʻin oqibatida ushbu hududdagi quruq oʻt va shoh-shabba yongan.
Olib borilgan saʼy harakatlar natijasida yongʻin soat 01:50 da toʻliq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok boʻlganlar yoʻq.