Bo'stonliqda xalqaro milliy taomlar festivali bo'lib o'tadi

    Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 11 avgust kuni Bo'stonliq tumanida “Welcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivali bo'lib o'tadi.

    Tadbir O'zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

    "Milliy PR-markazi" DUK, Toshkent viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirliklari ko'magida tashkil etilayotgan anjumanda "Amirsoy" dam olish maskani va boshqa tashkilotlar ham ishtirok etadi.

    Mazkur festivalda 6 mingdan ortiq mehmonlar, jumladan, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Belarus va MDHning boshqa davlatlaridan mingdan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

    Ular orasida yetakchi oshpazlar, restavratorlar, umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqaruv xodimlari va boshqalar bor.

    Festival doirasida tanlovlar, milliy va xorijiy taomlarni tayyorlash bo'yicha mahorat darslari, musiqiy jamoalarning chiqishlari namoyish etiladi.

    Manzil: Amirsoy Resort avtomobil to'xtash maydonchasi

    Vaqti: 11 avgust, 10:00 dan 22:00 gacha.