Taʼkidlanishicha, hodisa shu yilning 21-aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Sijjak qishlogʻi yaqinida sodir boʻlgan.
Togʻli hududning avtomobil uchun moʻljallanmagan qismida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1984-yilda tugʻilgan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi M.F boshqaruvidagi “Treilblezer” rusumli transport vositasida oʻzining ehtiyotsizligi va yoʻlni torligini inobatga olmagani sababli agʻdarilib ketgan.
Ushbu hodisa natijasida haydovchi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan Boʻstonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.