Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Kelib tushgan xabarga asosan, yongʻin joyiga 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 30 nafar qutqaruvchi yuborilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin Boʻstonliq tumanining “Qoranqul” MFY, hududidagi tuman zaxira yerlarida sodir boʻlgan. Yongʻin oqibatida 2 gektar yer maydondagi quruq oʻt va shoh-shabba yongan.
Olib borilgan saʼy harakatlar natijasida yongʻin FVB xodimlari tomonidan soat 02:50 da batamom oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok boʻlganlar yoʻq.