Boʻstonliqqa dam olish uchun kelgan sayyohning yoʻqolgan buyumlari oʻziga qaytarildi

    Voqea-hodisalar 4 May 2021 776

    Joriy yilning 25-aprel kuni Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi Miras Imanjanov “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilib murojaat qoldirgan.

    U murojaatida 24-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasiga dam olish maqsadida turist sifatida kelganligini va soat taxminan 18:00 da Qozogʻiston Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasiga “Gʻisht-koʻprik” bojxona posti orqali kelib, bojxona postidan oʻtgan vaqtida oʻziga tegishli sumkasi va uning ichida boʻlgan buyumlarini ehtiyotsizligi oqibatida yoʻqotib qoʻyganligini maʼlum qilib, ushbu yoʻqotgan buyumlarini topishda amaliy yordam soʻraydi.

    Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida, M.Imanjanovga tegishli boʻlgan sumka va uning ichida boʻlgan buyumlar shu kunning oʻzida Toshkent tumanida joylashgan “Gʻisht-koʻprik” bojxona posti hududidan topilib, egasiga qaytarildi.

    Mazkur holatda jinoyat tarkibi yoʻqligi sababli JPKning 83-modda 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

    Avvalroq, XTTB xodimlari xitoylik mehmonning “Amirsoy”da yoʻqotilgan telefoni 3 soatda oʻziga qaytargani haqida xabar berilgan edi.

    Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati