Unda viloyat saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada 24-Xumdonak saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Jamol Rajabboyevich xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Sessiyada Zaripov Botir Komilovich Buxoro viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi, deya xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.