– 4 yilda 150 ming uy-joy qurilgan, – dedi Botir Zokirov. – 4 yil oldin “ijtimoiy uylar”, degan atama yoʻq edi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon umuman “ijtimoiy uylar” qurilmagan. 4 yil oldin Prezidentimizning tashabbusi bilan shunaqa uylar qurilishi boshlandi. Shu oʻtgan vaqt mobaynida katta tajribaga ega boʻldik.

2-3 yil oldin qurilgan uylarni hozir qurilayotgan uylar bilan taqqoslab boʻlmaydi — texnologik, energiya tejamkorlik va qulaylik jihatidan bugun juda katta sifat oʻzgarishlari bor.

Joriy yilda 6,5 ming xonadonga ipoteka va subsidiya ajratiladi. Fuqarolar yakka tartibda, yaʼni oʻzining yerida imorat tiklamoqchi boʻlsa yoki buzib qayta qurmoqchi boʻlsa, ehtiyojdan kelib chiqib, ularga ipoteka kreditlari, subsidiyalar beriladi.