баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Botir Zokirovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 26 Avgust 2021 1816

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    O‘zining buyuk iste’dodi, noyob va betakror ijodi bilan o‘zbek estrada san’atiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib hamda tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimovich Zokirov «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlansin.     

     

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                       Sh.Mirziyoyev