Bundan “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qilayotgan aholi rosa xursand. Chunki ular mahalla tibbiy punkti ochilmasdan oldin 7—8 chaqirim uzoqlikda joylashgan 6—oilaviy shifokorlik punktiga borishardi.

— Bu bizga juda noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi, —deydi “Doʻstlik” mahallasidan Omon Sattorov. — Muolaja olish uchun anchagina yoʻl yurib, oila shifokorlik punktiga borishga toʻgʻri kelardi. Yogʻingarchiliksiz kunlardaku bilinmaydi, ammo yomgʻirli, qish-qirovli kunlardagi ovoragarchilik va sarsongarchilik bizni ancha qiynab qoʻygandi. Endi mahallamizda faoliyat boshlagan, mahalla tibbiy punktidan barcha muolajalarni, uzoqqa bormay olaveramiz. Bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan.

Mazkur mahalla tibbiy punktida faoliyat koʻrsatadigan oila shifokori va patronaj hamshira, shu xududda istiqomat qilayotgan 1 100 nafar fuqaroga xizmat koʻrsatadi.

— Boyovutning “Muqimiy”, «Boboyurt», “Navbahor”, “Oʻzbekiston”, “Yangiboʻston” va “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi Jar boshi, Ming terak kabi qishloq aholisi ham doʻstlikliklar singari ancha yildan buyon tibbiy xizmat masalasida qiynalardi, — deydi Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Akromjon Azizqulov. — Prezidentimizni eʼtibori va topshirigʻidan soʻng bu masalaga yechim topildi. Ishga tushgan va faoliyatini boshlagan mahalla tibbiy punktlari esa bu masalalarning oqilona yechim boʻldi.

Bugun ular soni “Doʻstlik” mahallasida faoliyat koʻrsata boshlagan mahalla tibbiy punkti hisobiga 7 taga yetdi.

Gʻulom Primov.