Bu orqali Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi 110 ming gektarda yiliga 2-marta hosil olish imkoniyati yaratiladi.
Yerlarning meliorativ holatini saqlab turish uchun viloyatdagi 16 ming kilometr zovurlarni bosqichma-bosqich tozalash vazifasi qoʻyildi.
Viloyatdagi 200 ming gektarga yaqin ekin yerlari kuchli va oʻrta darajada shoʻrlangan. Shoʻrlangan yerlarni sogʻlomlashtirish boʻyicha pilot loyihani Sirdaryoda sinovdan oʻtkazib, natijasiga qarab, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Mutasaddilarga suv hisobini yuritish boʻyicha Sirdaryoni namunali hududga aylantirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.








