Boyovutda uch egiz farzand dunyoga keldi

    Voqea-hodisalar 14 Iyul 2021 1797

    Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Doʻstlik mahallasida Mansurovlar oilasida bir yoʻla uch egizak farzandlar dunyoga keldi.

    Bugun dunyoning yuzini koʻrgan chaqaloqlarning 1 nafari oʻgʻil bola, 2 nafari qiz. Tuman tibbiyot birlashmasining bergan maʼlumotlariga qaraganda ona va bolalarning ahvoli yaxshi. Shunga qaramay ular maʼlum vaqt tibbiy nazorat ostida boʻladi. Oilasiga esa moddiy yordam koʻrsatildi.

    Bir murgʻak jonni sogʻlom qilib unib-oʻstirish qanchalik masʼuliyatli boʻlsa, egiz farzand ota-onasi uchun bu yana-da koʻproq qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Ammo, xalqimizda shunday naql bor: Bir bolaga yetti mahalla ota-ona. Shunday ekan farzand tarbiyasi va va uni voyaga yetkazishda barcha bir-biriga yelkadosh.

    Xushxabar ovoza boʻlgan kuniyoq Tuman hokimi tashabbusi bilan bir guruh masʼullar “qahramon” ona holidan xabar olib, oila aʼzolarini samimiy tabrikladilar. Shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatildi.

    Bu kabi holat Boyovut tumanida yaqin 20 yil ichida qayd etilmagan edi, bu yurtimizning 30 yillik shodiyonasi arafasida oʻziga xos sovgʻa boʻldi, deb baho beradi Boyovut tumani hokimligi matbuot xizmati.