Boyovutlik yangi yer egalari fermerlar biriktirildi

    Agrosektor 23 Fevral 2021 694

    Sirdaryo viloyatida ham qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritishni maqsad qilgan yigit-qizlarga katta imkoniyatlar yaratilyapti.

    Boyovut tumani hokimligi rasmi

    Bugun viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev rahbarligida Boyovut tumanidagi “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan, dehqonchilik qilishni maqsad qilgan 120 nafar yoshga yer maydonlari ajratilib, sertifikatlar topshirildi.

    Jumladan, 1-sektor hududidagi fermer xoʻjaliklaridan jami 45 nafar,

    2-sektor hududidan 25 nafar,

    3-sektor hududidan 25 nafar hamda

    4-sektor hududidan 25 nafar yigit-qizga unumdor yer maydonlari ajratib berildi.

    Shuningdek, ishtirokchilar uchun tomorqalarda foydalanish uchun moʻljallangan texnikalar, ekish uchun turli xildagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ekinlari hamda mineral oʻgʻitlarning koʻrgazmasi tashkil etildi. Ilgʻor fermerlar yoshlarga biriktirildi. Endilikda, tajribali fermerlar yoshlarning berilgan yerdan unumli foydalanishi, agrotexnik tadbirlarni bajarishida yaqin maslahatchi va koʻmakchi boʻladilar, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.