Boyovut tuman tibbiyot birlashmasida soʻngi yillarda ilgari samarasiz ishlagan bir qator qishloq vrachlik punktlari oʻrnida qishloq oilaviy poliklinikalar tashkil etildi.

Natijada qishloq vrachlik punktlaridan farqli ravishda qishloq oilaviy poliklinikalarida umumiy amaliyot shifokori bilan bir qatorda, beshta tor mutaxassis-ginekolog, pediatr, xirurg, stomatolog, ultratovush tahlil apparatida ishlaydigan shifokor faoliyati yoʻlga quyildi.

Muhimi, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika toʻla toʻkis elektronlashtirildi. Hatto kasallik tarixigacha, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.