Boysundagi archazorda roʻy bergan yongʻin 13 soat deganda oʻchirildi

    Voqea-hodisalar 18 Iyun 2025 801

    Surxondaryo viloyati Boysun tumani Kengdala oʻrmon xoʻjaligi boʻlimiga qarashli archazorlarga tutash hududda yongʻin yuz berdi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 17-iyun kuni soat 17:45 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumani Kengdala oʻrmon xoʻjaligi boʻlimiga qarashli archazorlarga tutash hududda quruq oʻtlar yonganligi boʻyicha xabar kelib tushgan.

    Kelib tugshgan xabarga asaosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, tegishli xizmatlar va koʻngillilar hamkorligidagi harakatlar natijasida 3 gektar maydondagi yongʻin oʻchogʻi 18-iyun kuni soat 07:10 da bartaraf etilib, keng maydonlarga tarqalishining oldi olindi.

    Yongʻinni bartaraf etishga viloyat FVBdan 85 nafar shaxsiy tarkib, 4 ta texnika, Oʻrmon xoʻjaligi boʻlimidan 40 nafar xodim, 4 ta texnika, IIBdan 6 nafar xodim, Mudofaa vazirligidan 20 nafar harbiy xizmatchi va bitta harbiy vertolyoti, mahalliy aholidan 40 nafar koʻngilli jalb etildi.

    Shuningdek, sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf etish jarayonida yongʻin oʻchogʻini monitoring qilish uchun Chegara qoʻshinlarining uchuvchisiz uchish vositalaridan unumli foydalanildi, — deyiladi xabarda.