Boysunda qizil konyon hududi boʻylab havo sharlari uchirilmoqda

    Turizm qoʻmitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Boysun tumanidagi “qizil konyon” hududida havo sharlarini uchirish tadbirlari boshlandi.

    Surxon vohasining turizm salohiyatini dunyoga yanada tanitish, yangi yoʻnalishlarni targʻib qilgan holda sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Turizm qoʻmitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Boysun tumanidagi “qizil konyon” hududida havo sharlarini uchirish tadbirlari boshlandi.

    Yillar davomida tuproq hamda qoyalarning suv va shamol tufayli yemirilishidan hosil boʻlgan tabiat moʻjizasi – qizil konyon hududining oʻziga xos manzaralari ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotmoqda.

    Tadbir doirasida OAV vakillari hamda blogerlar uchun info-tur ham tashkil etilgan boʻlib, hududning turizm salohiyati va imkoniyatlari mahalliy hamda xorijiy nashrlar, sayt va bloglarda keng yoritiladi.

    Eslatib oʻtamiz, tadbirlar 18-19-yanvar kunlari, ikki kun davomida boʻlib oʻtadi.