Qayd etilishicha, shu yilning 8-iyun kuni Surxondaryo viloyat ekologiya boshqarmasi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlaridan iborat ishchi guruh “M-25” koni joylashgan Kofrun shaharchasida vodorod sulfidi gazi miqdorini nazoratdan oʻtkazdi.
Unda aytilishicha, oʻrganish jarayonida Kofrundagi jami 5 ta nuqtada soat 08:00 dan 11:00 gacha turli oʻlchov uskunalari orqali atmosfera havosidagi vodorod sulfidi gazi miqdori nazorat qilingan.
Avariya sodir boʻlgan quduq atrofida (500 m), sharqiy, gʻarbiy va shimoliy yoʻnalishlarda 1000 m dan 3000 m gacha boʻlgan masofalarda hamda “Kofurun” qishlogʻida (1500 m) olib borilgan oʻlchov natijalariga koʻra, barcha nuqtalarda vodorod sulfid darajasi meʼyordan oshmagan, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, hozirda holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan atmosfera havosini oʻrganish va monitoring qilish ishlari hududda doimiy ravishda olib boriladi.









