Shu yilning 16-noyabr kuni xalq deputatlari Boʻzatov tuman Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari Boʻzatov tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini roʻyxatga olish, Xalq deputatlari Boʻzatov tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizomini tasdiqlash hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Boʻzatov tumani hokimini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoyishini tasdiqlash masalalari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, sessiyada Boʻzatov tumani hokimi lavozimiga Ubbiniyazov Botirbek Ongarbayevichni tayinlash masalasi koʻrib chiqildi.
Ubbiniyazov Botirbek Ongarbayevich nomzodi tuman Kengashining deputatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va Botirbek Ongarbayevich Boʻzatov tumani hokimi etib tayinlandi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, B.Ubbiniyazov faoliyati davomida qator masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.
U bugungi kunga qadar Moʻynoq tumani hokimining ekologiya va Orolboʻyi hududini rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.