Jamiyatning Metrologiya, avtomatlashtirish va standartlashtirish boʻlimi mutaxassislari tomonidan, “Boʻzaxoʻr” koni Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasiga, “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarmalarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 4 dona elektron sat oʻlchash asboblari, 4 dona rostlovchi klapanlar, 2 dona elektron bosim oʻlchash asboblari va boshqa zamonaviy oʻlchov vositalari montaj qilindi.

 

Gazni qazib chiqarish va dastlabki tayyorlash holatidagi xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, jarayonda boʻlib oʻtadigan oʻzgarishlarni real vaqtda nazorat qilish uchun, ushbu zamonaviy elektr oʻlchov asbob-uskunalari bilan jihozlandi.

Shuningdek, inson omilisiz “Boʻzaxoʻr” konida Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasida gaz qazib chiqarish jarayoni nazoratini olib borish, qurilmadagi boʻlib oʻtadigan jarayonlarni toʻlik nazorat ostida ushlab turish uchun qurilma qurilish davrining oʻzidayoq avtomatlashtirildi.

 

Qazib olinayotgan tabiiy gaz sarfi hisobini yuritish maqsadida GOST 8.586.1-5:2005, OʻzDSt 8.028–2012 va OʻzDSt 8.077–2018 talablari asosida 1 komlekt Du:426 mm li oʻlchov qatori montaj qilinib, 1 dona FloBoss-107 zamonaviy sarf oʻlchash vositalari oʻrnatildi.

Texnologik jarayon koʻrsatkichlarini doimiy nazorat qilish va qurilmani texnologik reglament asosida ishlashini taʼminlash maqsadida, qurilmaga boshqaruv shkafi oʻrnatildi va oʻz navbatida kerakli texnologik parametrlar kompyuterga chiqarilmoqda.

 

Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimini tadbiq qilish boʻyicha montaj va dasturiy taʼminot ishlari “Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarma”si mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

2020-yilning shu davriga qadar, “Oʻzbekneftgaz” AJ “Muborak” va “Gazli” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida ham Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarida modernizatsiya ishlari bajarilib, inson omilisiz avtomatlashtirilgan holda nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Hozirga qadar, ushbu kondan 51,4 mln kub metr tabiiy gaz va 1,0 ming tonna gaz kondensati qazib olindi. 2020-yilda “Boʻzaxoʻr” konidan 68,8 mln kub metr tabiiy gaz va 2,1 ming tonna gaz kondensati qazib olish rejalashtirilgan.

Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati