Bozorlarda mahsulotlar narxini barqaror ushlab turish masalasi ham muhokama qilindi

    Hukumat 8 Iyun 2021 1836

    Prezidentimiz oʻtkazayotgan bugungi videoselektor yigʻilishi tom maʼnoda tarixiy ahamiyat kasb etmoqda.

    Davlatimiz rahbari bandlikni taʼminlash, turmush sharoitini yaxshilash maqsadida aholiga yerni adolatli berishning yangi tartibini joriy etish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi.

    Yigʻilishda bozorlarda mahsulotlar narxini barqaror ushlab turish masalasi ham muhokama qilindi.

    Bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish, bu – tadbirkorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narxlarda sottirish, degani emas. Birinchi galda, tadbirkorlarga bozorda taklifni koʻpaytirish uchun sharoit yaratib berish kerak. Shuningdek, chorvachilikning qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratish lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.