Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari:

2021-yil 25-avgust holatiga;

Mol goʻshti 45 000 soʻmdan 68 000 soʻmgacha

1 kg suyakli mol goʻshtining minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (45 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan (68 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 52 000 soʻmdan 80 000 soʻmgacha (kg).

Qoʻy goʻshtining minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (52 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (80 000 soʻm) kuzatilgan.

Kartoshka 1 500 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg).

Kartoshkaning minimal narxi Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori” qayd etilgan (1 500 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 soʻm) kuzatilgan.

Piyoz 800 soʻmdan 3 000 soʻmgacha (kg).

Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (800 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan (3 000 soʻm).

Sabzi 2 000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha (kg).

Sabzi mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (2 000 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori” da (10 000 soʻm) kuzatilgan.

Tuxum 5 000 soʻmdan 14 000 soʻmgacha (10 dona).

Tuxum maxsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da da qayd etilgan (5 000 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da kuzatilgan (14 000 soʻm).

Guruch 5000 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg).

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus 2” navli guruch 5000 soʻm). Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 14 000 soʻmdan 24 000 soʻmgacha (litr).

Oʻsimlik yogʻi minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 14 000 soʻm) kuzatilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 24 000 soʻm) aniqlangan.

Shakar 7 500 soʻmdan 9 000 soʻmgacha (kg).

Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (7500 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (9 000 soʻm) kuzatilgan.