Bu haqda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markaziga “Boʻzsuv” kanali va uning qirgʻoqlari chiqindixonaga aylanayotgani haqida murojaat kelib tushgan.
Murojaatga asosan markazning Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Uchtepa tumani inspektorlari, Toshkent shahar hududiy filiali hamda Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boʻlimi masʼullari tomonidan ushbu holat oʻrganildi.
Jarayonda kanal qirgʻoqlarida chiqindilar mavjudligi va qarovsiz holatga kelganligi aniqlanib, holat yuzasidan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari jalb qilinganda, “Boʻzsuv” kanali qirgʻoqlarini mustahkamlash maqsadida soz tuproq bilan toʻldirilganda tuproq orasida qurilish chiqindilari boʻlganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Kanallar boshqarmasi masʼul xodimi M.T. ismli shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK.ning 91¹-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda jarimaga tortildi.
Shuningdek, “Boʻzsuv” kanali qirgʻoqlari chiqindilardan tozalanib, kuzgi mavsumda daraxt koʻchatlarini ekish majburiyati yuklatilganligini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.