Shuningdek, vazir imkoniyati cheklangan kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatilishi, boʻlimlardagi mehnat faoliyati hamda Brayl yozuvida kitoblarni chop etuvchi bosmaxona faoliyati bilan ham tanishgan.

— Tashrif davomida kutubxonada nogironligi boʻlgan shaxslarning madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qulay shart-sharoitlar yaratilgani, Brayl yozuvida adabiyotlar chop etish uchun tipografiya, audio kitoblar yaratish uchun zarur hisoblangan ovoz yozish studiyasining shart-sharoitlari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga boʻlgan ehtiyojlari yuzasidan barcha tashkiliy masalalar koʻrib chiqdik, — deya yozadi oʻzining rasmiy telegramm kanalida Ozodbek Nazarbekov. — Muxtasar aytganda, bugungi kunda jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, koʻzi ojiz kitobxonlar uchun mukammal sharoitlar yaratish, ularning mutolaaga boʻlgan ehtiyojini toʻla taʼminlash oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir.