Braziliya 2024-yilda OPEC+ga qo'shiladi

    Braziliya 2024-yilda OPEC+ ga rasman qo'shiladi. Bu haqda xalqaro tashkilot saytidagi xabarda aytiladi.

    Mamlakat o'z niyatini bir kun avval videokonferensiya orqali o'tkazilgan OPEC va unga a'zo bo'lmagan davlatlar vazirlarining 36-yig'ilishida tasdiqladi. 2024-yil 1-yanvarda OPEC+ a'zo davlatlarining navbatdagi yig'ilishida mamlakat unga raman a'zo bo'ladi.

    Ayni paytda Braziliyada neft qazib olish kuniga 3,7 million barrelni tashkil etmoqda. Braziliya neft regulyatori ANPning ta'kidlashicha, mamlakatda uglevodorod qazib olish joriy yilning iyul oyida tarixdagi eng yuqori darajaga yetgan va kuniga 4,48 million barrelni tashkil etgan. Faqatgina neft qazib olish o'tgan yilning shu davriga nisbatan 18,6 foizga oshib, kuniga 3,51 million barrelga etdi, deb xabar beradi mir24.tv.