Besh ming nafar mahalliy aholi suv toshqinlari, koʻchkilar va turar-joy binolarining qulashi tufayli uylarini tark etishga majbur boʻldi.
Toʻrt kunlik noqulay ob-havo sharoitida mintaqaga 450 millimetr yomgʻir yogʻdi – bu har kvadrat metr yer uchun 450 kilogramm suv degani. Mamlakatning tub aholisi yashaydigan oʻnga yaqin qishloq suv ostida qolgan. Tabiiy ofat 24 aholi punktiga taʼsir qildi, baʼzilarida hukumat favqulodda holat eʼlon qildi. Yaqin vaqt ichida shtat aholisiga bir necha oʻnlab tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi. Shuningdek, tabiiy ofat tufayli vayron boʻlgan 700 ga yaqin uyni tiklashga qaror qilindi.
Aprel oyi boshida Braziliya shimoli-sharqida kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida daryolar oʻz qirgʻoqlaridan toshib ketdi. Mazkur tabiiy ofat oqibatida olti kishi halok boʻldi, 36 ming oila jabrlandi, deb xabar beradi mir24.tv.