Braziliyaning Tokantins va Maranyan shtatlari o'rtasidagi avtomagistraldagi avtomobil ko'prigining qulab tushishi oqibatida uchta yuk mashinasi daryoga qulab tushdi.
Bu haqda 22-dekabr, yakshanba kuni G1 portali xabar berdi.
“Ko'prik konstruktsiyasi bilan birga uchta yuk mashinasi qulab tushdi”, deyiladi xabarda.
Yo'l harakati politsiyasi vakillarining aytishicha, uch kishi jarohatlangan. Shifokorlar bir kishini qutqara olmadi.
Bundan tashqari, yuk mashinalarining tushib ketishi oqibatida Tokantins daryosi sulfat kislotasi bilan zararlandi.
“Kislota olib ketayotgan avtotsisterna suvga tushib ketdi”, dedi rasmiylar.
1960-yilda ochilgan Juselino Kubichek de Oliveyra ko'prigi temir-betondan qurilgan bo'lib, federal poytaxt Braziliani kelgusi yili BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha konferentsiyasiga mezbonlik qiladigan shimoliy shahar Belem bilan bog'lovchi BR-226 avtomagistralining bir qismidir, deb xabar beradi korrespondent.net.